Namoz vaqtlari
Aqidauz

ALLO TAOLА QUR'ONDA NEGA «BIZ TUSHIRDIK», «BIZ YARATDIK» DEB KELTIRGAN?

Shejire Editorial

JavobEditorialShejire Editorial

Qur'on arab tilida nozil qilingan. Bu haqda Alloh Taolo Qur'onda shunday deydi:

بِلِسَانٍ عَرَبِيٍّ مُبِينٍ

«Aniq arab tilida» [1].

Arab tilining uslublaridan biri shuki, agar bir kishi o‘zini ulug‘lashni istasa, «men qildim» demay, «biz qildik» deb ko‘plik shaklida gapiradi. «al-Mu‘jam al-vasit» kitobida: «Biz – so‘zi ikki yoki undan ortiq uchun ishlatiladi. Ba'zan bir kishini ulug‘lash maqsadida ham qo‘llaniladi» [2], – deb aytilgan.

Shu sababli Qur'onda keltirilgan:

إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ

«Albatta, Zikrni (Qur'onni) Biz nozil qildik va Uni (o‘zgartirish, buzilishdan) albatta, saqlovchimiz» [3],

يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُم مِّن ذَكَرٍ وَأُنثَىٰ وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا ۚ

«Ey insonlar! Darhaqiqat, Biz sizlarni erkak va ayoldan yaratdik va bir-biringizni tanishingiz uchun sizlarni xalqlar va qabilalarga ajratdik» [4], – degan oyatlardagi «Biz tushirdik», «Biz yaratdik» degan so‘zlar Alloh Taoloning yagonaligiga hech qanday zid emas. Bu arab tilidagi ulug‘lash maqsadida ishlatiladigan uslublardan biridir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Shariat va fatvo bo‘limi

  • [1] «Shuaro» surasi, 195-oyat.

  • [2] «al-Mu‘jam al-vasit», 907.

  • [3] «Hijr» surasi, 9-oyat.

  • [4] «Hujurot» surasi, 13-oyat.

Bu material sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan va muharrir tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Bu yerdagi javoblarni foydalanuvchilar yozadi, ular rasmiy fatvo emas. Majburiy hukm uchun vakolatli din xodimiga murojaat qiling.

👍 0👎 0💬 0
Ulashish:

Izohlar

Hozircha izoh yo‘q.