Sanitariya-epidemiologiya xizmati xavfli bakteriya, virus va mikroblarni zararsizlantirish uchun antiseptik qo‘llashni talab qiladi. Hozirda koronavirusdan himoyalanish maqsadida deyarli barcha muassasalarda, savdo markazlarida, hatto uy sharoitida ham antiseptik keng qo‘llanilmoqda. Antiseptikning asosiy tarkibi spirt bo‘lgani uchun, bu borada musulmonlar orasida savollar tug‘ilmoqda.
Abu Hanifa va Abu Yusufning qarashiga ko‘ra, uzum va xurmodan boshqa mahsulotlardan olingan spirtni antiseptik sifatida ishlatishga ruxsat beriladi. Hozirgi tibbiy spirtlar uzum va xurmodan olinmasligi ma’lum.
Antiseptik sifatida ishlatiladigan suyuqlik, tibbiy spirt najas hisoblanmaydi. Chunki harom narsa doimo najas bo‘lavermaydi. Masalan, giyohvand modda va zaharning hukmi harom, lekin o‘zi pok. Tarkibida spirti bor atirlar, spirt aralashgan suyuqliklar tanaga yoki kiyimga tegsa, najas bo‘lmaydi, tegib qolgan joyni yuvish ham shart emas.
Agar maxsus antiseptik vositalar yoki tibbiy spirt topilmasa, zarurat hukmiga asoslanib, spirtli ichimliklarni ham antiseptik sifatida ishlatishga shariat ruxsat beradi. Lekin u najas bo‘lgani uchun, namoz o‘qishda spirtli ichimlik tekkan joyni yuvib tashlash shart.
Hasan AMONQUL,
Shariat va fatvo bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
Bu material sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan va muharrir tomonidan ko‘rib chiqilgan.