Namoz vaqtlari
Ro‘zauz

Tish qonasa ro'za buziladimi?

Shejire Editorial

JavobEditorialShejire Editorial

Tishdan chiqqan qonni oz yoki ko‘p miqdorda bo‘lishiga qarab hukm qilinadi. Agar ko‘p miqdorda qon chiqib, uni bilmay yutib yuborsa, ro‘zasi buziladi. Keyin o‘sha kunning qazosini tutadi. Agar qon oz miqdorda chiqqan bo‘lsa, ro‘zani buzmaydi.

Qonning oz yoki ko‘pligini tupuk bilan solishtirib aniqlanadi. Agar qon miqdori tupukka teng yoki undan ko‘p bo‘lsa, "ko‘p" hisoblanadi. Agar yarmidan kam bo‘lsa, "oz qon" hukmida bo‘ladi.

Raddu al-muҳtār kitobida: "Agar tish orasidan chiqqan qon og‘izga borsa-yu, ichkariga ketmasa, ro‘za buzilmaydi. Agar qon miqdori ko‘p yoki tupukka teng bo‘lib, ichkariga ketsa, ro‘za buziladi. Oz bo‘lsa, buzilmaydi" [1] degan fatvo bor.

"Ramazon ro‘zasiga oid fatvolar" kitobidan

[1] "Hashiya Ibn Obidin", 3/368.

Bu material sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan va muharrir tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Bu yerdagi javoblarni foydalanuvchilar yozadi, ular rasmiy fatvo emas. Majburiy hukm uchun vakolatli din xodimiga murojaat qiling.

👍 0👎 0💬 0
Ulashish:

Izohlar

Hozircha izoh yo‘q.