Jumhur ulamolar taloq beruvchi gapira oladimi yoki soqovmi, uning yozma tarzda taloq berishi og‘zaki aytilgan taloq o‘rnini bosishini bir ovozdan tasdiqlashgan. Biroq yozma taloqda niyat shartmi, bu masalada ixtilof bor [1].
Hanafiya mazhabida taloq so‘zi qog‘oz yoki shunga o‘xshash narsaga aniq yozilgan bo‘lsa, bu ochiq aytilgan taloq hukmida bo‘ladi. Shundan keyin "taloq bermoqchi emas edim" degan uzr qabul qilinmaydi. Agar yozilgan taloq so‘zi aniq bo‘lmasa, masalan, suvga yoki havoga yozib ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu kinoya (ya'ni, bilvosita taloq) hisoblanadi. Agar "taloq qilishni niyat qilgan edim" desa, so‘zi qabul qilinadi [2].
Ibni Obidin deydi: "Agar yozilgan taloq so‘zi aniq bo‘lsa, lekin kimga atalganligi noma'lum bo‘lsa, taloq qilishga niyat qilinsa taloq tushadi, niyat qilinmasa tushmaydi. Agar aniq bo‘lsa, ya'ni ayolining ismi, manzili va taloq aynan unga berilganiga shubha qolmaydigan belgilar bo‘lsa, niyat qilgan-qilmaganidan qat'i nazar taloq tushadi" [3].
Shu sababli, agar er xotiniga telefon, elektron pochta, sms yoki ovozli xabar va boshqalar orqali taloq berganini bildirsa, bunday taloq amal qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Shariat va fatvo bo‘limi
«Majallatu al-ahkami al-adliya», 27.
Al-Azhar universiteti, "Shariat va huquq" fakulteti, "al-Ahvalu ash-shahsiyya fi ash-shari'ati al-islamiya", 160.
"Raddu al-muhtar", 2/589.
Bu material sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan va muharrir tomonidan ko‘rib chiqilgan.